Checheniston rahbari Ramzan Qodirov A321 halokati aybdorlarini xoh Sahroi Kabirdan, xoh Antarktidadan bo‘lsa-da topishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
FXX rahbari Aleksandr Bortnikov A321 Misrda terakt tufayli halokatga uchraganligi haqida ma’lum qilgandan so‘ng, Qodirov buning uchun qasos olish zarurligini aytib o‘tdi.
“Ikki masala yuzaga keladi. Birinchisi – qasos! Shu soatdan boshlab barcha kuchlar teraktni tashkil etishdagi aybdorlar, bunga ko‘mak berganlar, e’tiborsizlik qilganlar, ijro etganlar, ma’lumotni yashirganlarni qidirishga yo‘naltirilishi lozim. Ularning barchasi da’vo muddatisiz eng qat’iy va boshqalarga ibrat bo‘ladigan jazoga loyiq”, — deydi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, aybdorlar “xoh Sahroi Kabirga, xoh Antarktidaga yashiringan bo‘lmasin, ushlanishi lozim”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning A321 laynerini portlatgan terrorchilarni sayyoraning istalgan nuqtasida topib, jazolashga va’da bergan edi.
Izoh (0)