Rosiyaning A321 samolyoti bortidagi portlashga yukchilardan biri Sharm-ash-Shayx aeroporti xodimidan olgan noma’lum jomadon sabab bo‘lgan. Misr kuch tizimlaridagi manbalarning ma’lum qilishicha, yukni skanerdan o‘tkazish apparati biroz muddat nazoratsiz qolgan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Videokuzatuv kameralarida yukni qayta ishlash yo‘nalishi operatori yukchiga noma’lum jomadonni berayotgani muhrlangan. Sharm-ash-Shayx aeroportidagi manbalar xavfsizlik xizmati Rossiya samolyotiga yuk ortilayotganda skanerni nazoratsiz qoldirgan ikki kishini qidirayotganini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, barcha xodimlar so‘roq qilingan, biroq hozircha hech kim hibsga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Misr ichki ishlar vazirligi Sharm-ash-Shayx aeroportining ikki nafar xodimi qo‘lga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni inkor etgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)