Misr ichki ishlar vazirligi OAVda paydo bo‘lgan Rossiyaning A321 samolyoti qulashiga aloqadorlikda gumon qilinib, Sharm-ash-Shayx aeroportining ikki nafar xodimi qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.
Reuters agentligi Misr maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, aeroportning ikki nafar xodimi samolyot bortiga bomba joylashtirishga yordam berishda gumon qilinayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov A321 terakt oqibatida qulaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)