Nigeriyaning Yola shahrida portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida 32 kishi qurbon bo‘ldi, yana 80 nafari yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, portlovchi moslama bozorga tutash avtopark hududiga joylashtirilgan. U kun oxirida, sotuvchi va xaridorlar uyga qaytayotganda ishga tushgan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, uning ovozi shaharning barcha qismlarida eshitilgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)