Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi falastinlik jangarilarning navbatdagi raketa hujumiga javoban HAMAS harakatining ikki obyektini bombardimon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hujumlar natijasida jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmadi.
“Kecha, 17-noyabr kuni tunda Isroil janubiga G‘azo sektoridan raketa uchirildi. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorining shimoliy va markaziy qismidagi HAMASning ikki obyektiga hujum uyushtirdi”, — deyiladi harbiylar xabarida.
Izoh (0)