AQSh prezidenti Barak Obama A321 ning Sinay yarimorolidagi aviahalokati yuzasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shaxsan hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Prezident Obama o‘tgan oydagi halokat oqibatida qurbon bo‘lgan rossiyaliklar uchun chuqur hamdardlik bildirdi”, — dedi Oq uy vakili.
31-oktabr kuni Sharm ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga yo‘l olgan Airbus A321 Misrning Sinay yarimorolida halokatga uchrashi natijasida uning bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi qurbon bo‘lgan edi.
Izoh (0)