Xitoyning Alibaba kompaniyasi “Bo‘ydoqlar kuni”da 24 soat mobaynida 91,22 milliard yuan (14,53 milliard dollar atrofida) miqdoridagi mahsulot va xizmatlar savdosini amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Kompaniya press-relizida ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich dastlabki ma’lumot bo‘lsa-da, uning hajmi kunlik internet sotuvlar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
“Bo‘ydoqlar kuni” Xitoyda 11-oyning 11-sanasida nishonlanadi. Ushbu bayramda internet-do‘konlar o‘z xaridorlari uchun mahsulotlarini arzon narxlarda sotadi. Mahsulotlarning deyarli barchasi katta chegirmalar bilan sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alibaba kompaniyasi “Bo‘ydoqlar kuni”da atigi o‘n soat mobaynida 8 milliard dollar ishlab topganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)