Ispaniyalik shifokor yo‘qolganidan 20 yil o‘tib, Italiya o‘rmonidan topildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Karlos Sanches Ortiz de Salazar ikki hafta avval Toskanadagi o‘rmondan topildi. Uning yuzi iflos, soqoli esa o‘sib ketgan edi. Uni qo‘ziqorin terib yurgan ikki kishi topib oldi.
Shifokor ularga o‘zining pasportini ko‘rsatib: “Men ispaniyalikman, ismim Karlos, bu yerda 1997-yildan buyon yashayman”, — dedi. U odamlar orasida yashashni istamaganligini, biroq endi o‘rmondan ketishiga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qilgan.
Karlos 1995-yilda chuqur depressiya tufayli Sevilyadagi uyini tark etgan edi. Uning qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot topilmagach, 2011-yilda u o‘lgan deb qayd etilgan edi.
Karlosning oilasi uni o‘rmondan topishga urinib ko‘rdi, biroq u yana g‘oyib bo‘ldi.
Izoh (0)