Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov London Airbus A321 ning Misrdagi halokati yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etganligini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Britaniya tomonidan muayyan ma’lumotlar haqiqatan ham taqdim etilganligini tasdiqlash mumkin. Ularning aynan qanday ma’lumotlar ekanligini ayta olmayman. Sababi bu haqda ma’lumotga ega emasman”, — dedi Kreml vakili.
U, shuningdek, Moskva halokat sabablarini tekshirishda yordam berish imkoniyati mavjud barcha mamlakatlarning hamkorligiga ishonch bildirishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi London Rossiyaning halokatga uchragan A321 samolyoti bortida terakt yuz berganligi ehtimoli yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)