O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, xonanda Ozodbek Nazarbekov suriyalik bolakayga atab kuylagan “Aytib ber” qo‘shig‘ini chet tillaridagi talqinlarini tayyorlamoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar beradi.
Xabar berishlaricha, dastlab o‘zbek tilida tinglovchilar e’tiboriga havola etilgan qo‘shiqning fors va arab tillaridagi talqinlari tayyor bo‘lgan va tez orada bu qo‘shiqlarni tinglash mumkin bo‘ladi.
“Ozodbek Nazarbekov ushbu mashhur qo‘shiqni ingliz tilida ham kuylamoqchi”, — deyiladi “Darakchi” gazetasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov “Aytib ber” qo‘shig‘ini 2015-yilgi konsert dasturiga ikki kun qolganida tayyorlagan. Bu tarona “konsert zalini ko‘z yoshlarga to‘ldirgani” haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Izoh (0)