Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida yangi mavsum 14—15-noyabr kunlari ochiladi. Bu haqida, teatrning adabiy qism bo‘yicha rejissyor yordamchisi Yekaterina Komarovaga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Teatr mavsumi 14—15-noyabr kunlari teatr yakkaxonlari ishtirokidagi konsert bilan ochiladi. 18-noyabr kuni esa sahnada P.Chaykovskiyning “Qarsildoq” spektakli namoyish etiladi”, — deydi teatr xodimi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat akademik katta teatrining ta’mirdan keyingi ochilishi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe qatnashgandi.
Izoh (0)