Xonanda Iroda Dilroz “Dilroz” nomli teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda, xonandaning o‘ziga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“‘Tomosha’ bolalar teatr studiyasida 17 yil faoliyat yuritdim, tajriba orttirdim, ustoz ko‘rdim. Ustozim, ‘Tomosha’ning badiiy rahbari Nodira Qurbonovaning tavsiyasi bilan studiya ochdim”, — dedi Iroda Dilroz.
Xabar berishlaricha, ushbu teatr studiyasida 3,5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli bolalar bilan birga ish olib boriladi. “Mustaqil ish boshlash vaqti keldi. Qolaversa, bu bolalikdagi orzularimdan biri”, — deydi xonanda.
Izoh (0)