Yo‘l-transport hodisasi Germaniyaning Bavariya federal yeridagi Frayung kommunasida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi va 50 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan poyezd to‘qnashgandan so‘ng yonib ketgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida har ikkala transport vositasi haydovchilari halok bo‘lgan. 50 nafarga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan poyezd yuk mashinasiga urilib, uni temiryo‘l ko‘tarmasi bo‘ylab yarim kilometr masofagacha sudrab borgan. Natijada ikki transport vositasi ham yonib ketgan.
Mahalliy OAVning ma’lumot berishicha, YTH oqibatida 20 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Ulardan to‘rt nafari og‘ir tan jarohati olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi AQSh armiyasiga tegishli bo‘lgan.
Izoh (0)