Mexiko shtatida noma’lum jinoyatchilar 31-oktabr, shanbaga o‘tar kechasi yo‘lovchi avtobuslariga sakkizta portlash qurilmasini joylashtirgan, ularning yarmi ishga tushgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Transport kompaniyasi rahbari Xuan Sanches Pelayesning ma’lum qilishicha, portlashlar Meksika poytaxti chekka qismidagi “Las-Amerikas” bekatida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq avtobuslarga jiddiy zarar yetgan.
Pelayesning so‘zlariga qaraganda, barcha qurilmalar taymerlar bilan jihozlangan bo‘lib, “Las-Amerikas” bekatida harakatga keltirilishi lozim bo‘lgan. Portlash uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmadi.
Hodisa yuzasidan prokuratura xodimlari tergov harakatlarini olib bormoqda.
Izoh (0)