Buyuk Britaniya hukumati Londonning Nyuxem hududida ulkan masjid qurishni taqiqladi, deb xabar beradi “RBK” Evening Standard ma’lumotiga tayanib.
Vazirlar mahkamasi avvalroq Nyuxem tumani hukumati tomonidan olib chiqilgan e’tirozni rad qildi.
“Hukumat Nyuxem tumanida masjid qurilishi taqiqlanganligiga qarshi e’tirozni rad etdi. Ushbu qarorga sabab sifatida mahalliy aholini turar-joy bilan ta’minlashda muammo yuzaga kelishi mumkinligi xavfi borligi ko‘rsatilgan”, — deydi hukumat matbuot xizmati vakili.
Vazirlar, shuningdek, bu hududdagi vaqtinchalik masjidning faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish haqidagi talabni ham rad etdi.
Izoh (0)