O‘zbekistondagi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan Janubiy Koreya brendi ostida chiqariladigan Daewoo Matiz avtomobili Rossiya bozoridagi eng arzon yengil mashinalar reytingida yetakchilik qildi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” gazetasi.
Ayni paytda Daewoo Matiz’ni Rossiyada 314 ming rubl (4,8 ming dollar)dan boshlanadigan narxda sotib olish mumkin. Hozirda mashina avvalgi Daewoo brendi ostida ham, yangi Ravon brendi ostida ham sotilmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni sedan kuzovidagi Lada Granta (340 ming rubl — 5,25 ming dollar), uchinchi pog‘onani liftbek kuzovidagi Lada Granta (357 ming rubl — 5,5 ming dollar) egalladi.
Yuqori beshlikka, shuningdek, Xitoyning Lifan Smily xetchbeki (370 ming rubl — 5,7 ming dollar) va Lifan Solano (380 ming rubl — 5,87 ming dollar) avtomobili kirdi.
Izoh (0)