Indoneziyaning Yava orolidagi noqonuniy oltin konidagi o‘pirilish natijasida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” mahalliy politsiyaga tayanib.
Avvalroq G‘arbiy Yava viloyatidagi noqonuniy oltin qazib olish konining qulashi oqibatida 28-oktabr, chorshanbaga o‘tar kechasi 12 kishi uyumlar ostida qolib ketganligi ma’lum qilingan edi. Ularning jasadi 29-oktabrga o‘tar kechasi topilgan.
OAVning ma’lum qilishicha, mahalliy ma’muriyat konni bir oy avval yopib qo‘yganligiga qaramasdan, konchilar unda noqonuniy ishlashda davom etgan.
Izoh (0)