Sayyoradagi eng qurg‘oq cho‘l hisoblangan Chilidagi Atakama cho‘lining bir qismi iqlimdagi o‘zgarishlar tufayli pushti gulxayrilar bilan qoplandi. Bu noyob manzara professional fotograflar bilan bir qatorda minglab oddiy sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Hududda yetti yildan buyon birinchi marta mart oyida kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘lib o‘tdi. Shu sababli cho‘l ikki marta – bahor va kuzda gulladi.
Gullagan cho‘lning betakror suratlarini Tjournal taqdim etadi:
Cho‘l har 5—7 yilda gullaydi, qolgan vaqtlarda unda hayot alomatlari ko‘rinmaydi.
Izoh (0)