Kanadaning DataWind kompaniyasi Hindistonning RCom telekommunikatsiyaviy kompaniyasi bilan birgalikda dunyodagi eng arzon smartfonni ishlab chiqarishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Qurilma 999 rupiyga (15 dollar atrofida) narxlanadi. Economic Times nashrining ma’lum qilishicha, yangi smartfon RCom’dan yil davomida internetdan tekin foydalanish imkonini beruvchi xizmatlar paketi bilan birga sotiladi.
DataWind smartfoni Linux operatsion tizimiga asoslangan boshqaruv ostida ishlaydi. Hamyonbop smartfonning rasmiy taqdimoti va chiqarilishi 28-dekabr kuniga rejalashtirilgan.
DataWind’ning ijrochi direktori Sunit Singx Tuli bergan intervyusida kompaniya 1000 rupiydan arzonroq narxdagi mobil qurilmani yaratishni maqsad qilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)