2015-yil 20-oktabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi Davlatbek To‘rayev va Dilfuza Niyozovalar oilasida to‘rt nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar bermoqda.
2300, 1520, 1750 va 2000 gramm og‘irlikda tug‘ilgan qizaloqlarning to‘rtalasi ham sog‘lom. Birinchi marta onalik baxtiga muyassar bo‘lgan Dilfuzaga tajribali neonatolog va hamshiralar chaqaloqlarni parvarishlashda yordam bermoqda.
Egizaklarga Fotima, Zuhra, Zahro va Zulayho deya ism qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada istiqomat qiluvchi Bahromjon va Nasibaxon Yakubovlar oilasida to‘rt egizak: uch nafar o‘g‘il va yana bir qizaloq dunyoga kelgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)