Kolumbiyada 26-oktabr, dushanba kuni “Milliy ozodlik armiyasi” (MOA) jangarilarining hujumi natijasida 11 nafar askar va politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mamlakat Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, yana uch kishi yaralangan, olti kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda.
“Guikan hududida MOA jangarilarining hujumi oqibatida 11 nafar piyoda kuchlarning harbiy xizmatchisi va bir nafar politsiya patrul xodimi o‘ldirildi. Uch kishi og‘ir yaralandi. Ikki nafar harbiy, politsiya patrul xodimi, mahalliy saylov komissiyasining ikki a’zosi va bir nafar mahalliy fuqaro bedarak yo‘qolgan”, — deyiladi idora xabarida.
Ma’lumotlarga qaraganda, harbiylar Guikan saylov uchastkasidagi byulletenlar xavfsizligini ta’minlayotgan edi.
Izoh (0)