Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat chizig‘ida yuz bergan otishma natijasida kamida ikki nafar bola halok bo‘ldi, yana 11 kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa Pokiston tomondan Shakagarx sektorida sodir bo‘ldi. Oqibatda o‘n yoshli qiz va 16 yoshli o‘smir qurbon bo‘ldi. Yaralanganlar uchun voqea joyida dala gospitali tashkil etildi.
Hindistonning IANS agentligining ma’lum qilishicha, hindistonliklarning nazorat chizig‘i tomonidan olti kishi yaralangan. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, otishma va minomyotdan o‘qqa tutish yarim kechagacha davom etgan.
Izoh (0)