Toshkentdagi “Minor” jome’ masjidi gumbazini ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Oldinroq 17—18-oktabr kunlari yoqqan yomg‘ir natijasida masjid gumbazidagi ko‘k plitkalarning katta qismi tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tuzilgan ishchi guruh hodisa joyiga yetib borib, masjidga yetgan zararni o‘rganib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, masjid qurilishi 2013-yili boshlangan bo‘lib, 2014-yil 1-oktabr kuni foydalanishga topshirilgan.
Izoh (0)