Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yuqori mansabdorlar hamrohligida Pxenyandagi yangi “Mire” olimlar ko‘chasini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
U, shuningdek, jihozlangan uylardan biriga kirib, undagi qulayliklarga baho berdi.
Kim Chen In binolar partiya tomonidan ma’qullangan dizaynda qurilayotganligini ko‘rish yoqimli bo‘lganligini ta’kidladi. U quruvchi askarlarga nisbatan xuddi ota-onalar farzandlariga qilgandek g‘amxo‘rlik qilish haqida ofitserlarga topshiriq berdi.
Suratlarning qanchalik haqqoniy ekanligi noma’lum, chunki ular faqat Shimoliy Koreya Markaziy yangiliklar agentligi tomonidan tarqatilgan.
Izoh (0)