VimpelCom LTD. xalqaro kompaniyasi RF, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston va Ukraina hududida joylashgan 50 mingga yaqin telekommunikatsiyaviy minoralarini sotishi mumkin. Bu haqda “Review.uz” Bloomberg agentligi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, VimpelCom aksiyalarini birjaga joylashtirish uchun minoralarini alohida kompaniyaga ajratishi mumkin.
Shu bilan birga, Bloomberg’ning ta’kidlashicha, operator minoralarining sotuvga qo‘yilishi haqidagi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Avvalroq Rossiyaning “Vimpelkom” DAJ Rossiyadagi 10—11 ming minorasini sotishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, VimpelCom’ning Rossiyadagi minoralari shartnoma tuzish davomida besh milliard dollarga baholanishi mumkin.
Izoh (0)