Toyota Motor Corp. kompaniyasi oyna ko‘targichlarini boshqaruvchi moslamada aniqlangan muammolar tufayli, dunyo bo‘ylab 6,5 millionta avtomobilni, shu jumladan, Corolla modellarini ham chaqirib olmoqda. Bu haqda, Bloomberg taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Chaqirib olinishi lozim bo‘lgan avtomobillar 2005-yil yanvar oyidan 2006-yil avgust oyigacha, shuningdek, 2008-yil avgust oyidan 2010-yil iyun oyigacha sotuvga chiqarilgan. Nosozlik Yaponiya zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarda aniqlangan.
Kompaniya xabar berishicha, oyna ko‘targichlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammoga Yaponiyada ishlab chiqarilmagan, lekin, 2005-yil avgust oyidan 2006-yil avgust oyigacha, shuningdek, 2009-yil yanvar oyidan 2010-yil dekabr oyigacha bo‘lgan davr ichida ishlab chiqarilgan avtomobil egalari ham duch kelishi mumkin.
Kompaniya muammo yoqib-o‘chirish moslamasiga tegishli ekanligini, uning nosozligi qisqa tutashuvga va buning oqibatida yong‘inga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Izoh (0)