O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bobur Shokirjonov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan “2015-yilgi Tojikiston federatsiyasi kubogi” musobaqalarida ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, Bobur Shokirjonov nayzani 84,24 metrga uloqtirib, birinchi o‘rinni egalladi va Rio-de-Janeyroda (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bu o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan beshinchi litsenziyadir. Eslatib o‘tamiz, marafonchilar Marina Xmelevskaya va Sitora Hamidova, balandlikka sakrash ustasi Svetlana Radzivil va bosqon uloqtirishda Suhrob Xo‘jayev XXXI yozgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)