O‘zining imijini tubdan o‘zgartirgan Alla Pugachyova, nafaqat o‘zining kiyim-kechaklari, balki kelishgan qomati bilan ham muxlislarini hayratda qoldirdi.
Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Jurnalistlar yulduzning sezilarli ravishda yaxshi bo‘lib ketganligi sirini izlay boshladi. Qattiq parhez qilishi to‘g‘risida Alla hech qachon gapirmagan bo‘lsada, uyidagi dasturxoni shirinliklarga doim to‘la ekanligini do‘stlari ta’kidlab kelgan. Primadonna shunchaki erkakning qalbiga bo‘lgan yo‘l uning oshqozoni orqali o‘tishini unutmaydi. Shu bilan birga, mehmonlar hayajon bilan uning pazandalik iste‘dodi haqida gapirishda charchamaydi.
“Men bu ishda professional sifatida gapiradigan bo‘lsam, Alla tayyorlagan har bir noz-ne’mat sidqidildan tayyorlangan, – deya ma’lum qiladi “Starxit”qandolatchi Aleksandr Seleznyovning gaplarini keltirar ekan. — Ayrim taomlar meni hayratga soldi – karri va sabzavotlar bilan birga pishirilgan tovuq, shuningdek, duxovkada dimlangan uloq go‘shti – naq og‘zingizda erib ketadi”.
Ehtimol, ushbu barcha gastronomik ne’matlar Primadonnaning ishi bo‘lishi mumkin, chunki uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin pishiriqqa hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini tan olgan. “ Men oshxonada kamyob mehmonman. Albatta, har qanday erkak kabi men ham tuxum qovurishni bilaman, lekin, amalda bu ish bilan uzoq vaqtdan beri shug‘ullanmaganman”, – deya ma’lum qilmoqda u.
Izoh (0)