Qirg‘iziston shimolidagi Chuy viloyatida tergov izolyatoridan qochib ketganligi uchun qidirilayotgan ikkinchi ekstremist yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.
“Azamat Musuraliyev Chuy viloyatining So‘quluq tumani qishloqlaridan birida o‘ldirildi”, — deydi matbuot xizmati vakili.
Musuraliyev 12-oktabrga o‘tar kechasi Chuy viloyatining 50-raqamli axloq tuzatish koloniyasidan qochgan “Jayshul Mahdiy” ekstremistik guruhi a’zolaridan biri edi. O‘shanda tergov izolyatoridan qochgan to‘qqiz mahkumning yetti nafari bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Qirg‘iziston huquqni himoya qilish organi xodimlari tergov izolyatoridan qochgan terrorchi Doniyor Qodiraliyevni yo‘q qilgan edi. Jinoyatchi respublika poytaxtidagi aholi yashaydigan dahada xodimga pichoq bilan hujum qilishga urinish chog‘ida otib tashlangan. Qolgan ikki jinoyatchi ozodlikda qolmoqda.
Izoh (0)