Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon yo‘li va Farg‘ona halqa yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahriga olib boruvchi avtomobil yo‘li bilan tutashmasi — Andijon xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik ta’miri oxiriga yetmoqda. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar berdi.

Foto: “Telegraf.uz”

Foto: “Telegraf.uz”

40 yil oldin qurilgan, umumiy uzunligi 420 metr bo‘lgan mazkur ko‘prikning kengligi 12,5 metr bo‘lib, ta’mirdan so‘ng 24 metrga yetkaziladi. Ta’mir doirasida 1700 metr kub  betonlash ishlari bajarildi, 1500 tonna asfalt qoplama yotqizildi. Har ikki tomondagi piyodalar yo‘lakchalari yurish uchun qulay holatga keltirildi va zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi.

2013-yil avgustida boshlangan va jami 22,4 milliard so‘m sarflangan ta’mirlash ishlarini 1-noyabrda yakunlash ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi