2015-yilning 27-oktabridan 2-noyabrigacha “O‘zEkspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasiga hamohang tarzda “O‘zavtosanoat” AK avtomobillari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish mavzusida ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarka o‘tkaziladi. Bu haqda UzAuto xabar beradi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistondagi tadbirkorlarning hamda tadbirga katta qiziqish bildirgan boshqa sohalardagi korxona va kompaniyalar vakillarining keng doirasini avtomobilsozlik tarmog‘idagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish jarayoniga, shuningdek, tarmoqlararo kooperatsiya va mustahkam hamkorlikni o‘rnatishga jalb qilishdan iborat.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi ishtirokchilar e’tiboriga avtomobillar uchun mo‘ljallangan keng turdagi butlovchi qismlarni namoyish etishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur konferensiyada ishtirok etish “GM Uzbekistan” AJ, “SamAvto” MCHJ, “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ qo‘shma korxonasi, “General Motors Powertrain Uzbekistan” AJ va avtomobillar hamda butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi boshqa yirik kompaniyalarning shartlari va talablarini o‘rganish, ularning yirik yetkazib beruvchilariga aylanish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)