“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotiga qarashli Qunduzdagi kasalxonaning bombardimon qilinishi yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borayotgan AQSh, NATO va Afg‘oniston rasmiy shaxslaridan iborat jamoa shifoxona majmuasining yopiq darvozalaridan tank bilan bostirib kirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Ularning so‘zlariga qaraganda, “tashrif” AQSh, NATO va Afg‘oniston rasmiylarining qo‘shma jamoasi tomonidan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-oktabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahri shifoxonaga uyushtirilgan aviahujum natijasida halok bo‘lganlar soni 24 nafarga yetgan.
Izoh (0)