Alisher Usmonovning USM Holding kompaniyasi Rossiyaning kibersport sohasidagi eng yirik birlashmalaridan biri – Virtus.pro kompaniyalar guruhini rivojlantirish uchun investitsiya kiritadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, USM va hamkorlarning loyihani rivojlantirish bo‘yicha investitsiyalari 100 million dollardan oshishi mumkin.
Rossiyaning Virtus.pro kompaniyalar guruhi dunyodagi yetakchi kibersport tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
SuperData Research ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yilda kibersport bozorining hajmi 612 million dollarni tashkil etgan, kibersport auditoriyasi esa 130 milliondan ortiq kishini o‘z ichiga olgan. Sohadagi sovrin jamg‘armalarining jami miqdori 42 million dollarga yetgan.
Izoh (0)