Hillari Klinton demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzodlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlarining birinchi raundida g‘alaba qozondi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
13-oktabr, seshanba kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan ikki soatlik ommaviy munozaralar natijasiga ko‘ra, mahalliy siyosatchilar va OAV vakillari bir ovozdan shu fikrga keldi.
Umumiy fikrlarga qaraganda, debatlar davomida notiqlik kurashlarining barcha usullarini mukammal egallagan Klinton o‘zini tajribali va qat’iy kurashchi sifatida namoyon qildi.
Izoh (0)