Ispaniyadagi Kataloniya muxtor viloyatining raisi vazifasini bajaruvchi Artur Mas sudda ko‘rsatma berar ekan, 2014-yil 9-noyabrda mustaqillik mavzuida so‘rov o‘tkazganligi uchun siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu xaqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
15-oktabr, payshanba kuni Mas 2014-yil 9-noyabrda mustaqillik mavzuida so‘rov o‘tkazilganlik holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Kataloniya Oliy sudida ko‘rsatma berdi. Masga nisbatan to‘rtta ayblov qo‘yilgan bo‘lib, bular: bo‘ysunmaslik, mansabdorlik jinoyati, davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish, davlat vakolatlarini noqonuniy ijro etishdir. Masning so‘rog‘i bir soatdan ortiq davom etgan.
O‘zining ko’rsatmalaridan keyin, “Men, 9-noyabrda so‘rov o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatgan tashabbuskorligim uchun o‘zimni to‘liq javobgar, deb e’lon qilaman”, – deya bayon qilgan Mas.
Izoh (0)