“Oltin butsa” sovrinini to‘rtinchi marta “Real Madrid” a’zosi Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduga shu hafta 2014—2015-yilgi mavsum uchun “Oltin butsa” sovrini topshiriladi. Marosim 13-oktabr, seshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Bu Ronaldu uchun to‘rtinchi “Oltin butsa” bo‘ladi (2008, 2011, 2014 va 2015).
Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi bu sovrin tarixida yaqqol rekordchiga aylanadi.
Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Ronaldu 35 uchrashuvda 48 ta gol muallifiga aylangan.
Izoh (0)