Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Aleksandr Yakovenko Birlashgan Qirollik TIVga murojaat qilib, mahalliy OAVlarda IShIDga qarshi operatsiyalarda qatnashayotgan britaniyalik uchuvchilarning Rossiya harbiy samolyotlariga hujum qilishiga ruxsat berilgani haqida paydo bo‘lgan ma’lumotni izohlashni talab qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: “Vegchel.ru”

Foto: “Vegchel.ru”

Elchining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Britaniya tomonidan IShID infratuzilmasi obyektlari joylashuvi haqida axborot berish bo‘yicha so‘roviga javob olmagan.

O‘z navbatida, Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Irina Yarovaya NATO OAVlar tarqatgan ushbu ma’lumotni tasdiqlashi yoki rad etishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Londonning Daily Star gazetasi Birlashgan Qirollik mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib, NATO mamlakatlari uchuvchilari, shu jumladan, ko‘p nishonli “Tornado” qiruvchi samolyotlarini boshqaruvchi Britaniya harbiy uchuvchilariga Iroq havo hududida “hayotlari uchun xavf” tug‘ilganida Rossiya harbiy samolyotlariga hujum qilish huquqi berilgani haqida yozgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi