Toshkent vaqti bilan bugun, 9-oktabr tongida Janubiy Amerikada JCh—2018 saralash bosqichi start oldi. Guruh bosqichining 1-turiyoq kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Mintaqa yetakchilari hisoblangan Braziliya va Argentina terma jamoalari raqiblariga bir xil 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Lionel Messisiz o‘ynagan Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Ekvadorga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mehmonlar 81 va 82-daqiqalarda Eraso hamda Kaysedo tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga Buenos-Ayresdan tarixiy g‘alaba bilan qaytdi.
Shuningdek, Braziliya terma jamoasi ham ilk uchrashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Pentakampeonlar amaldagi Janubiy Amerika chempioni Chili terma jamoasi mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinning 72-daqiqasida Vargas, 90-daqiqada Aleksis Sanches o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
JCh—2018 saralashi. Janubiy Amerika. 1-tur
Boliviya – Urugvay 0:2 (0:1) Gollar: 0:1 – 10 Kaseres, 0:2 – 69 Godin
Kolumbiya – Peru 2:0 (1:0)Gollar: 1:0 – 36 Gutyerres, 2:0 – 90 Kardona
Venesuela – Paragvay 0:1 (0:0)Gol: 0:1 – 85 Gonsales
Chili – Braziliya 2:0 (0:0)Gollar: 1:0 – 72 Vargas, 2:0 – 90 Sanches
Argentina – Ekvador 0:2 (0:0)Gollar: 0:1 – 81 Eraso, 0:2 – 82 Kaysedo
Izoh (0)