Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Reuters agentligining sobiq muharriri Los Angeles Times gazetasi saytini buzish maqsadida Anonymous xakerlar guruhi bilan til biriktirganlikda aybdor deb topildi. 7-oktabr, chorshanba kuni Kaliforniya shtatidagi (AQSh) Sakramento shahar federal sudi shunday hukm chiqardi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Los Angeles Times ham tarkibiga kiradigan The Tribune Company mediakorporatsiyasida 2010-yilda faoliyat yuritgan va keyinchalik lavozimidan ozod etilgan 28 yoshli Mettyu Kis Anonymous xakerlariga kompaniyaning xizmat akkauntlari parolini bergan. Prokuratura da’vosiga ko‘ra, Kis o‘zining ishdan bo‘shatilgani uchun shunday o‘ch olgan.

Parolni qo‘lga olgan xakerlar gazeta internet-saytini buzib kirib, unda chop etilgan materiallarga o‘zgartirishlar kiritgan. The Tribune Company vakillarining ma’lum qilishicha, xakerlik hujumi oqibatlarini bartaraf etish uchun 300 ish soati ketgan va bu korporatsiyaga 18 ming dollarga tushgan.

Kis keyinchalik Reuters agentligiga muharrir bo‘lib ishga joylashgan, ammo kiberjinoyatchilar bilan til biriktirgani oshkor bo‘lgach, 2013-yili u yerdan ham bo‘shatilgan. Jurnalistga nisbatan yakuniy hukm kelgusi yil yanvar oyida e’lon qilinadi. Unga 10 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi berilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi