O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollari bo‘lgan Shymkent Open turnirida musobaqaning birinchisi raketka ustasi belaruslik Yaroslav Shilani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Uning chorak finaldagi raqibi rossiyalik Markos Kalovelonis bo‘ladi.
Turnirning 6-raketkasi bo‘lgan Sanjar Fayziyev esa gollandiyalik Moo Sporkenni 3:6, 6:3, 6:3 hisobida yengdi. Fayziyev chorak finalda musobaqaning ikkinchi tartib raqamli tennischisi gruziyalik Aleksandr Metreveliga qarshi kortga chiqadi.
O‘zbekistonlik tennischilardan Temur Ismoilov, Humoyun Sultonov, Odil Karimov, Shonig‘mat Shofayziyev, Abdulvoris Sayidmuhammedovlar mag‘lubiyatga uchrab, asosiy to‘rdagi ishtiroklarini yakunladi.
Izoh (0)