Saudiya Arabistoni qirolligi yoshlarning kiyinish madaniyatiga ahamiyat berish haqida yangi qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar beradi.
Hozirgi kunda avj olib ketgan yigitlarning qizlarga o‘xshab, qizlarning esa aksincha kiyinishlariga chek qo‘yish bo‘yicha hulq-atvor politsiyasi ish olib bormoqda.
Endi mamlakatdagi barcha o‘rta va oliy o‘quv yurtlariga yoshlar o‘z jinsiga mos kiyingan holdagina kiritiladi.
Izoh (0)