Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Venesuelalik qandolatchilar dunyodagi eng katta shokolad tangani tayyorlab, jahon rekordini yangiladi. Mamlakat poytaxti Karakasda namoyish etilgan mahsulot 870 kilogramm tosh bosdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Foto: “Jtimes.ru”

Foto: “Jtimes.ru”

Qo‘lda yaratilgan “shirin mo‘jiza” ustida 11 soat davomida 120 kishidan iborat jamoa mehnat qildi. Ularning urinishi behuda ketgani yo‘q: mahsulot 2016-yili Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin oladi.

Qandolatchilarning tan olishicha, ko‘zlangan maqsad oxirigacha amalga oshmagan, chunki vazni 1 tonna keladigan shokolad tanga tayyorlamoqchi bo‘lishgan ekan. Shunday bo‘lsa-da, venesuelaliklar oldingi rekordni naq 234 kilogrammga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj