Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Eronda 4-oktabr kuni Haj amallarini bajarish vaqtida Saudiya Arabistonining Mino vodiysida 24-sentabr kuni yuz bergan tiqilinch oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilarning dafn marosimlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

4-oktabr, yakshanba kuni butun Eron bo‘ylab millionlab kishilar, halok bo‘lganlarning tobutlarini ko‘targanicha, motam yurishlariga chiqdi.

Tehron ko‘chalariga bir necha yuz ming kishi chiqqan, mamlakatning aholi soni bo‘yicha ikkinchi shahri — Mashhad hamda Guliston viloyati ma’muriy markazi Gorgan shaharlari ko‘chalariga ham taxminan shuncha odam chiqqan.

Marosimlar mitinglarga aylanib ketyapti. Motam tadbirlaridan reportajlar Eron axborot telekanallari orqali jonli efirda translyatsiya qilinmoqda.

Kuni kecha Saudiya Arabistonidan Tehronga 104 nafar eronlik ziyoratchining jasadi olib kelingan edi, 4-oktabr kuni tongda esa yana 114 kishining jasadi olib kelindi.

Eron davlat haj va ziyoratchilik ishlari tashkilotidan ma’lum qilishlaricha, Mino vodiysidagi fojiali hodisa natijasida 465 nafar eronlik halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Minodagi fojea natijasida 760 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi