Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sony Pictures Entertainment kinokompaniyasi YouTube’dagi o‘z kanalida britaniyalik maxsus agent Jeyms Bond haqidagi “007: Spektr” filmining yakuniy treylerini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

75 soniyalik rolikda aktyor Deniel Kreyg ijrosidagi Bondning “Spektr” jinoiy tashkilotiga qarshi kurashi tasvirlangan. Agent bir necha bor Frants Oberxauzer bilan to‘qnash keladi — mazkur rolni avstriyalik aktyor Kristof Valts ijro etgan.

Sahnalarning birida Bond vayron bo‘layotgan bino bo‘laklaridan omon qoladi, keyin esa qorli tog‘lardagi, shuningdek, turli aviatexnikalardagi quvlamachoqlarda qatnashadi.

https://www.youtube.com/watch?v=z4UDNzXD3qA

“007: Spektr” filmi 26-oktabr kuni jahon ekranlariga chiqadi. Lenta bondiananing Kreyg ishtirokidagi to‘rtinchi va rejissor Sem Mendes rahbarligida ikkinchi film hisoblanadi. Franshizaning avvalgi kartinasi — “007: Skayfoll” jahon bo‘ylab 1,1 milliard dollar to‘plab, Bond haqidagi eng muvaffaqiyatli kinoga aylangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi