Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dunyoga mashhur Coca-Cola va McDonald’s kompaniyalari FIFA prezidentiga murojaat qildi va undan zudlik bilan o‘z lavozimini tark etishini so‘radi, deb yozadi “Uff.uz”.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

“Kundan-kunga FIFAning obro‘si tushib bormoqda. Tashkilot tezlik bilan o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Bunga faqat to‘la mustaqil holda yondashibgina erishishi mumkin”, — deyiladi Coca-Cola murojaatida.

“So‘nggi haftalarda bo‘layotgan voqealar FIFA obro‘sini yo‘qqa chiqarmoqda. Bundan tashqari, tashkilotga jamoatchilikning ishonchi ham qolmayapti”, — deydiladi McDonald’s murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Shveysariya hukumati Blatter ustidan jinoiy ish ochgan va rahbar kirdikorlari tufayli so‘roq qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi