Parij hukumati 1-oktabrdan ko‘chalarda tashlangan sigaret qoldig‘i uchun 68 yevro qiymatida jarima belgiladi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Fransiya poytaxtida har yili 350 tonna miqdorida sigaret qoldig‘i yig‘ib olinadi.“Sigaret qoldiqlarining ko‘chalarda tashlanishi landshaftning estetik bahosini tushirib yuboradi. Bu qoldiqlar atrofni ifloslantiradi”, — deb aytib o‘tiladi Parij hukumati bayonotida.
Izoh (0)