Suriya va Iroqdan kelayotgan 2,2 million qochoq uchun Turkiya hukumati shu paytgacha sakkiz milliard dollar mablag‘ sarfladi. Bu ma’lumotni 30-sentabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi davomida Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li aytib o‘tgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dovudo‘g‘lining so‘zlariga qaraganda, qochoqlarning 66 ming nafar farzandi Turkiyada tug‘ilgan, turk maktablarida esa ularning 230 ming nafari ta’lim olmoqda. Turkiya sohil qo‘riqchilari 55 ming muhojirni dengizda qutqarib qolgan. Olti ming nafar muhojir O‘rtayer va Egey dengizida cho‘kib ketgan. 235 ming muhojir Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy ravishda kirmoqchi bo‘lganida turk chegarachilari tomonidan ushlab qolingan.
Turk siyosatchisining fikricha, qochoqlar bilan bog‘liq muammoni Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil etibgina hal etish mumkin.
Izoh (0)