UEFA prezidenti Mishel Platini FIFAning korrupsiya tizimiga aloqador bo‘lishi mumkin. Shveysariya bosh prokurorining ma’lum qilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari har daqiqada fransuz mansabdoriga ayblov e’lon qilishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
“Hozir Platini FIFAning korrupsiya ishi bo‘yicha guvoh va gumondorlik chegarasida turibdi”, — deb izohlaydi Reuters jurnalisti Simon Evans bosh prokuror so‘zlarini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Platini Shveysariya prokuraturasi tomonidan so‘roq qilingan edi.
Izoh (0)