JARdagi qotilliklar soni bir kunda 49 taga yetdi. Bu haqda hukumat hisobotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oxirgi yilda mamlakatda qotilliklar miqdori 4,6 foizga o‘sgan. 2014-yil martidan boshlab, bir yil ichida 17805 nafar kishi o‘ldirilgan.
Bundan tashqari, davlatda mashina o‘g‘irlash va talon-tarojlar ham ko‘paygan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, bu raqamlar hukumatning jinoyatchilikka qarshi olib borayotgan kurash rejasi barbod bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Izoh (0)