“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Jizzax viloyatida quyosh-shamol-dizel gibrid elektr stansiyasini sinov rejimida ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Stansiya “Qishloq va olis tumanlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash” loyihasi doirasida qurildi. Uni amalga oshirish uchun Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Zambar” radiorele stansiyasi tanlandi.
Loyiha bo‘yicha obyektga 10 kVt quvvatiga ega vertikal o‘qli shamol generatori, geliy akkumulyator batareyasi (200 A/soat), invertor (20 kVt) yetkazib berildi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 48 800 kVt/soat elektr energiyasi yoki 7 564 000 so‘m; 9150 litr dizel yoqilg‘isi yoki 49 410 000 so‘m tejalishi kutilmoqda. Bir yillik iqtisodiy samaradorlik taxminan 56 974 000 so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)